Isroil harbiylari Suriya prezidenti saroyi yaqiniga zarba berdi. Hindiston va Pokiston: tarixiy adolatsizlik asosida inqirozning kuchayishi. Xitoy Yerning aylanishini sekinlashtirdi va kunni oshirdi

🔹 Isroil harbiy-havo kuchlari bugun erta tongda Suriya prezident saroyi yaqinidagi maydonga zarba berdi. Bungacha Suriya hukumati mamlakat janubidagi diniy ozchilik vakillari yashaydigan qishloqlarga hujum qilmaslik haqida ogohlantirgan edi. To‘qnashuvlar natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan yoki yaralangan.

🔹 Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Xan Deok Su kelasi oyda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini va u g‘alaba qozonsa, hukumat vakolatlarini cheklash va ichki taranglikni yumshatishni maqsad qilganini aytdi. Janubiy Koreyada konservativ prezident Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilinishi bilan hukumatdan chetlatilgani ortidan 3 iyun kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari belgilangan.

🔹 Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi so‘nggi ziddiyat, ayniqsa Paxalgamdagi fojiali hujumdan so‘ng keskinlashdi. Pokistonning voqea yuzasidan ochiq va oshkora xalqaro tergov o‘tkazishga chaqirig‘ini Yangi Dehli sukut bilan kutib oldi va bu taranglashgan vaziyatni yanada kuchaytirdi. Hindistonning suvdan qurol sifatida foydalanishi nafaqat xalqaro huquq normalarini buzish, balki global normalarga tahdid soladigan xavfli vaziyatdir. Hindistonning Pokistonga nisbatan agressiv pozitsiyasi ko‘pincha uning ichki muammolarini aks ettirsa-da, keskinlik Yevroosiyo va butun dunyoga ta’sir qilishi mumkin, deydi siyosatchilar.

🔹 Turli mamlakatlardan kelgan 30 ga yaqin faol 9 soatdan ortiq vaqt davomida Malta qirg‘oqlari yaqinida cho‘kayotgan gumanitar kemasida evakuatsiya kutmoqda. G‘azo sektori uchun gumanitar yordam olib ketayotgan kema uchuvchisiz samolyotlar hujumiga uchragan.

🔹 Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi “Yevro-3” deb atalmish Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya ta’sirida Eron-Amerika yadroviy muzokaralarining buzilishiga hissa qo‘shdi. Bu haqda Tehran Times nashri xabar berdi. Gazetaning yozishicha, Grossi Amerika tomoniga Tehronning rasmiy pozitsiyasini obro‘sizlantirishga qaratilgan buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni uzatgan. Shu fonda Eron va AQSh o‘rtasida 3 may kuni Rimda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan muzokaralarning to‘rtinchi raundi qoldirilgani ma’lum bo‘ldi.

🔹 Olimlarning fikricha, ulkan «Uch dara» to‘g‘oni tufayli kun 0,06 mikrosekundga cho‘zilib, sayyora o‘qi taxminan 2 santimetrga siljigan. AQShning NASA kosmik agentligi ta’kidlashicha, Xitoyda dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasining qurilishi sayyoramiz fizikasiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, ulkan hajmdagi suvning sun’iy suv omboriga o‘tishi Yerdagi massa taqsimotini o‘zgartirgan va bu sayyora harakatining oshishiga olib kelgan. Ilgari shunga o‘xshash «mitti» o‘zgarishlar zilzila va boshqa yirik tabiiy ofatlardan keyin qayd etilgan.

G.Xoldorova tayyorladi.