Istanbulda sodir bo‘lgan YTHda 32 yoshli o‘zbekistonlik ayol vafot etdi, ikkinchisi komada
- 13.06.2019 09:39
- 150
- Xorij
TIV xabariga ko‘ra, Istanbulda ikki opa-singil yo‘l transport hodisasiga uchragan.
Xabarda qayd etilishicha, 2019 yil 11 iyun kuni Istanbul shahrida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, 1987 yilda tug‘ilgan Muhayyo Sherdanova halok bo‘ldi.
Ushbu hodisada marhumaning 1976 yilda tug‘ilgan opasi Matluba Sherdanova jabrlangan va hozirda «Qonuniy Sulton Sulaymon» shifoxonasida koma holatida qolmoqda.
O‘zbekiston bosh konsulxonasi vaziyatni, jumladan, hodisa yuzasidan tergov jarayonini nazoratga olgan.
Teglar:
Istambul
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa