Istanbul Yevropadagi eng tez metro yo‘lini ishga tushirdi
- 23.01.2023 15:00
- 69
- Xorij
Yo‘l Turkiya megapolisini Yevropa qismidagi xalqaro aeroport bilan bog‘ladi.
Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdlar yangi chiziq bo‘ylab 90-120 km/soat tezlikda harakatlanadi.
Marosimda so‘zga chiqqan Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ushbu loyihani amalga oshirish orqali Turkiya metro qurilishida o‘z kuchi va imkoniyatlarini dunyoga ko‘rsatganini aytdi.
Unga yangi stansiyalar ulanadigan chiziqlar uzunligi 69 kilometrni tashkil etadi. U kuniga 800 ming yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan.
Istanbul xalqaro aeroporti 2019 yilda ish boshlagan. Uning qurilishini to‘liq yakunlash 2025 yilga mo‘ljallangan. Aeroprt yiliga 150 millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 8 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!