Iste’molchilar tomonidan sizga to‘langan soliq summasini byudjetga to‘lab berishingiz lozim

Un kombinatlariga hisob fakturasi yoziladigan 4,2 % qo‘shimcha qiymat solig‘i hisoblab berilyapti. Ularga shunaqa imtiyoz berilgan ekan, qolgan 10,8 % qo‘shimcha qiymat solig‘ini kim to‘laydi?
Ilhom MUHAMMADAMINXON,
Kattaqo‘rg‘on shahri.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 avgustdagi “Donni qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2-bandida 2018 yilning 1 sentyabridan boshlab donni qayta ishlovchi korxonalarning mahsulotlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan aylanma tushum hajmidan don qiymatini chiqarib tashlab hisoblash tartibi joriy etilgan.
Mahsulotlar sotilishida Soliq kodeksining 222-moddasi talablari asosida hisob-varaq faktura rasmiylashtirilishi lozim.
Bu operatsiyada umuman olganda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini oxirgi iste’molchi to‘laydi. Faqat sizning korxonangiz bunda soliq agenti sifatida qatnashib, iste’molchilar tomonidan sizga to‘langan soliq summasini byudjetga to‘lab berishingiz lozim bo‘ladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 43-moddasida qonunosti hujjatlar normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan vakolatli organlar tomonidan berishligi ko‘rsatilgan.
Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimi Valisher Temirov javob berdi.