Ixtirochi qanday g‘oyib bo‘lgan?
Fransuz Luini Leprnez kinoni suratga oladigan apparatning birinchi prototipini yaratgan ixtirochi edi.
U buyuk Britaniya va AQShda ishlagan. 1890 yil 16 sentyabrda Dijonda akasini ko‘rib Parijga qaytayotganda bedarak yo‘qolgan.
Qarindoshlari Luini vokzalgacha kuzatib qo‘ydilar, Parijda esa ixtirochini do‘stlari kutib olishi lozim edi, biroq u kelmadi. Bu ham yetmagandek, Leprnezni poyezdga chiqqanini hech kim ko‘rmagan, kupesi bo‘m-bo‘sh edi, chizmalari solingan bagaj ham topilmagan.
Ixtirochini g‘oyib bo‘lganligi jumboqligicha qoldi. Taxminlar esa ko‘p. Ayrimlar buni o‘z joniga suiqasd yoki qotillik deb tusmol qilishsa, ba’zilar uni raqobatchilari gumdon qilgan, deydi.
Tusmollar ichida kinematograf otasi Tomas Edisonning nomi ham uchraydi. U Leprensni kinoga oladigan apparati uchun birinchi patent olishga uringanini bilib qolgan emish.
T.Shomurodov tayyorladi.