Iyul oyida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 40 mlrd. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi
- 09.08.2023 09:22
- 37
- Hodisa
Joriy yilning iyul oyida 573 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bunda 37,6 mln. metr kub tabiiy gaz (28 mlrd. 200 mln so‘m) va 22,8 mln. kVt⋅soat elektr energiyasi (11 mlrd 800 mln. so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida tizimga 40 mlrd. so‘m zarar keltirilgan.
Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari esa Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgani aytildi.
Energetika vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu hajmdagi tabiiy gaz yoz mavsumida 188 mingta xonadonning bir oylik, elektr energiyasi esa 114 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa