Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
- 22.01.2025 13:35
- 70
- Jinoyat va jazo
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Toyloq tumanidagi “S.Sh“ oilaviy korxonasiga qarashli novvoyxonada tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanilgani oqibatida 1,3 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Past Darg‘om tumanida yashovchi fuqaro A.M. ham o‘z xonadonida noqonuniy issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulangani oqibatida davlat manfaatlariga 462,7 million so‘mlik zarar yetkazgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holatlar bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
tabiiy gaz
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
To‘rt viloyatga rahbar bo‘lgan hokim
- Bugun, 13:23
- Samarqand