Iyul tarixda eng issiq oy deb qayd etilmoqda

“O‘zgidromet” markazi xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, iyulning ikkinchi o‘n kunligidan O‘zbekistonda juda issiq ob-havo saqlanib turar ekan. Bu kunlarda harorat 39-42 darajagacha, janubida va cho‘l zonalarida 44-45 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning ayrim hududlarida yozning shu kunlari uchun absolyut harorat maksimumi qayd etildi. Ya’ni hafta davomida mamlakatimiz hududlarida jazirama issiq saqlanib turadi.

Havo harorati kunduzlari 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l zonalarida 44-45 darajagacha qiziydi. Bu o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5-7 darajaga yuqoridir.

Bu yilgi iyul oyi O‘zbekiston meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng issiq iyul ekanligi ma’lum bo‘lib bormoqda. Hafta davomida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel kuzatiladi.

Shuningdek, havo harorati yuqoriligi fonida yurtimizning tog‘ oldi tumanlarida muzliklar erishi natijasida Tojikiston va Qirg‘iziston hududidan sel toshqinlari kelishi mumkin.