Jaholatga qarshi ma’rifat zarur

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi shiddatli globallashuv sharoitida islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyati, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda islom diniga yot radikal qarashlarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish va bunda O‘zbekiston tajribasi, diniylik va dunyoviylik muvozanatini saqlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yoshlarga yetkazish va tushuntirmoq zarur.
Mana shunday sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Prezidentimiz qayd etganidek: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir".
Sir emas, ma’naviy merosini o‘rganish va o‘z navbatida, farzandlarimizni bu ulug‘vor ne’matdan bahramand qilish – ularni bugungi kunda birmuncha taraqqiy etib borayotgan turli zararli oqimlardan asrab qolishda muhim tarbiyaviy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Biz, deputatlar va jamoat faollari ham barcha sohda nazorat, targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirishga va yoshlarimizni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalashdagi o‘rni to‘g‘risida muhim taklif va tashabbuslarni bildirishimiz lozim.
Nasiba Mo‘minova,
O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, tuman Kengashi deputati.