Jaloliddin Manguberdi avlodlari bellashdi

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari o‘rtasida o‘tkazilgan «Jaloliddin Manguberdi avlodlari» spartakiada musobaqasiga Samarqand mezbonlik qildi.

Qiziqarli shartlarda respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan o‘quvchi-yoshlarning barchasi faollik ko‘rsatdi. Misol uchun, to‘sinda tortilish yo‘nalishida farg‘onalik yoshlar ilg‘or bo‘lgan bo‘lsa, kuch ishlatish yo‘nalishida samarqandliklar peshqadam bo‘ldi. Makarov to‘pponchasini to‘liqsiz qismlarga ajratish yo‘nalishida o‘g‘il bolalardan Samarqand viloyati, qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati yoshlari g‘olib bo‘lgan bo‘lgan bo‘lsa, granata uloqtirish yo‘nalishida o‘g‘il bolalardan farg‘onaliklar, qizlar o‘rtasida esa namanganliklar barchani dog‘da qoldirdi. Sport turlari bo‘yicha bahslarda umumjamoa hisobida samarqandliklar birinchi bo‘ldi.

Tadbir doirasida IIV Samarqand akademik litseyi o‘quvchilari, viloyat IIB TVBSO xodimlari hamda Kinologiya xizmatining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar taqdirlandi.