Jamoat fondi jamiyatda inson huquqlari va muloqot madaniyatini yuksaltirishda faollik ko‘rsatadigan NNTlarga 60 million so‘mgacha grant mablag‘i ajratadi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi «Inson huquqi va erkinliklariga amal qilish har bir shaxsning qadr-qimmatini e’zozlash, huquq va manfatlarini ta’minlash, ma’naviy-ahloqiy bilimlarni oshirish, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlari faolligini oshirish» mavzusida ikkinchi davlat grantini ajratish uchun tanlov E’LON QILADI.
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- Jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlari va muloqot madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-gumanitar sohada insonparvarlik ruhini kuchaytirish;
- Davlat organlarida murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, «Davlat organlari xalq xizmatida» shiori ostida jamiyatda huquqiy madaniyatni va aholining huquqiy ongini yuksaltirishga, qonunga hurmat, huquqbuzarliklarga murosasizlik tuyg‘usini kuchaytirishga ko‘maklashish;
- Oilaviy ajrimlar, noqonuniy va erta nikohlar, o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish;
- Salbiy xulq-atvorga moyil bo‘lgan yoshlar va ayollarning ma’naviy-axloqiy profilaktikasini hamda jamiyatga moslashishini kuchaytirishda NNT, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining ijtimoiy sherikligini yuksaltirish.
- Eksterimizm va terrorizmga qarshi kurashish, muqaddam sudlangan, uyushmagan, tarbiyasi og‘ir yoshlarning jamiyatga qayta ijtimoiy integratsiyasiga (tiklanishiga) ko‘maklashish.
- «Mustaqillik, eng avvalo – huquqdir», «Adolat – qonun ustuvorligida», «Aholi murojaatlari –doimiy e’tiborda» shiorlari ostida qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini o‘rnatish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. Viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 60 mln. so‘mgacha.
Hujjatlar 2023 yil 15 maydan 15 iyungacha har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Hujjatlar quyidagi manzilga - xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga «O‘zbekiston pochtasi» orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 159 «a» uy manziliga «Nodavlat notijorat tashkilotlari va Do‘stlik uyi» binosi (110-xona) deb yuborilishi shart.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram rasmiy kanalida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 701-35-95, (93) 341-13-31