Jamoat transportini yaxshilash eng og‘ir ko‘chalardan boshlanadi — Prezident

Yo‘llar haqda davom etarkan Prezident loyihani mukammal qilish, yo‘nalishlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Loyihani jamoat transporti holati eng og‘ir bo‘lgan ko‘chalardan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

– Odamlar bu ishlarni qulayligidan sezishi kerak. Jamoat transportida yurish arzon, sifatli va tez bo‘lsa, yo‘lovchilar shuni tanlaydi. Buning uchun infratuzilmani, yo‘nalishlarni to‘g‘ri tashkil qilish kerak, – dedi davlat rahbari.

Past Darg‘om va Bulung‘ur tumanlarini Samarqand shahri bilan bog‘laydigan elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Oldinroq bu yil Samarqand shahrida 160 kilometr yo‘l ta’mirlanib, 5 ta yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlanishi, 102 ta yangi bekat tashkil qilinib, mavjudlari tartibga keltirilishi aytilgandi.