Jamshid Nasriddinov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tayotgan sessiya ishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tumanda olib borilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, sektor rahbarlari va tuman korxona-tashkilotlari rahbarlariga qator vazifalarni yukladi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Nasriddinov Jamshid To‘lqinovich Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.