Janubiy Koreyada 100 yilda eng kuchli qor yog‘di
Ikki kundirki, mamlakat poytaxti so‘nggi asrdagi eng kuchli qor yog‘ishidan jabr ko‘rmoqda va bu transport uchun xavfli sharoitlar tug‘dirdi. Parom qatnovi to‘xtatilgan, 140 dan ortiq reyslar bekor qilingan, kamida to‘rt kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
28 noyabrda boshlangan qor Seulda rekordlar qayd etilgan 1907 yildan beri uchinchi eng kuchlisi bo‘ldi.
G‘ayrioddiy qor yog‘ishi Koreya yarim orolining g‘arbiy qismidagi dengiz harorati me’yordan yuqori bo‘lgani va sovuq havo oqimi kirib kelgani bilan tushuntirilmoqda.