Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jarimalar ko‘p, tahlillar ham bor, ammo ekologiyamiz qachon yaxshilanadi?

Joriy yilning 9 oyida Samarqandda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 3741 ta huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika tezkor tadbir-reydlar o‘tkazilgan. Unda aniqlangan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan 3741 nafar mansabdor shaxs va fuqaroga 2 141 887,53 ming so‘m jarima solingan.

 

O‘tgan yillar hisobi bilan 1 362 941,2 ming so‘m undirib olingan. 227 holatda 588551,1 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar aniqlanib, o‘tgan yillar hisobi bilan 179 nafar fuqaro va mansabdor shaxsdan 486 940,5 ming so‘m undirilgan.

Bu haqda viloyat Matbuot uyida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Raimjonov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 

- Hisobot davrida 55 ta ma’muriy ish bo‘yicha 71 178,5 ming so‘m jarimani undirish majburiy ijroga qaratilgan, - deydi A.Raimjonov. - MIB tomonidan 2021 yil jarimalaridan 6615 ming so‘m, 2020 yil jarimalaridan 301 60,75 ming so‘m, 2019 yil jarimalaridan 669 ming so‘m davlat foydasiga undirilgan. 4 fuqaroga qo‘llanilgan 7359 ming so‘m jarima huquqbuzarning to‘lash qobiliyati yo‘qligi sababli tugatilgan. 4 ta ma’muriy ish qonun hujjatlariga asosan ish yuritishdan tugatilganligi sababli 2020 yil qarzdorligidan chiqarildi. 

Mas’ulning qayd etishicha, boshqarma tomonidan ochiq suv havzalari va korxona- tashkilotlarning oqova suvlari, tuproq ifloslanishi, atmosfera havosini zararlantiruvchi takroriy obe’ktlar 441 tani tashkil etgan. 

785 ta manbalardan namunalar olinib, 6247 ta tahlil ishlari amalga oshirilgan. Shundan 294 ob’yekt IMM dasturi bo‘yicha 548 manbadan namunalar olingan va 3720 ta tahlillar, IMM (MIZ) dasturidan tashqari 147 ta ob’yektdagi 237 manbadan namunalar olinib, 2527 ta tahlil ishlari bajarilgan. Ammo amalga oshirilgan tahlillar natijasida viloyatda ekologik ahvolning 2020 yilga nisbatan o‘zgarishi kuzatilmagan.

 

O‘ktam Xudoyberdiyev.