"Jasorat maktabi" o‘quv yig‘ini ishtirokchilari bilan jinoyatchilikning bir qator ko‘rinishlari bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Seminar "Korrupsiyaga qarshi kurashish", giyohvandlik, kiber xavfsizligi jinoyatchiliklari hamda voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida sodir etilib kelinayotgan jinoyatlar mavzularida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Qurolli kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazidab bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlarga bu mavzularda Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi vakili, mayor Jamshid Isoyev ma’ruza qildi.
Seminar davomida yig‘inga jalb etilgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish, harbiy xizmatni o‘tash kabi burchlarini ado etishlari to‘g‘risida davra suhbatlari o‘tkazildi hamda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.