Javob xo‘jako‘rsinga edimi yoxud Narpay ko‘chasidagi suv quvuri qachon ta’mirlanadi? (foto)

Joriy yilning 1 avgust kuni telegram kanalimizda “Kun fotosi: Samarqand shahar Narpay ko‘chasidagi ushbu holat negadir mas’ullarni “uyg‘otmayapti” sarlavhasi ostida fotolavha e’lon qilingan edi.

“Suvoqova” DUK Samarqand shahar filiali tomonidan shu kunning o‘zida maqolada ko‘rsatilgan holat bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot berilib, suratlar ham e’lon qilindi.

Ammo oradan bir hafta vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay Narpay ko‘chasida hamon o‘sha holat, yo‘lga sizib chiqayotgan suv nafaqat haydovchilar, balki yo‘lovchilarga ham bir qator noqulaylik tug‘dirmoqda.

Savol tug‘iladi – bizga yuborilgan suratlar shunchaki xo‘jako‘rsinga edimi? Nega yo‘ldagi bu holat mutasadilarni bezovta qilmayapti?