Jiddadagi muzokaralarda nimalarga kelishildi?

Kecha Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina va Amerika delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Bu 28 fevral – Oq uyda Ukraina hamda AQSh prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp o‘rtasidagi tortishuvdan keyin tomonlarning birinchi rasmiy uchrashuvi bo‘ldi.
Yopiq eshiklar ortida rasmiy Kiyev va Vashington 8 soatdan ortiq muloqot qildi:
— Ukraina Trampning to‘liq va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi talabiga rozi bo‘ldi.
— Sulh uzaytirish imkoniyati bilan 30 kunga amal qiladi. Buning evaziga AQSh harbiy ta’minotni qayta tiklaydi va yana Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashadi.
— Yaqinda AQSh Moskvaga ham xuddi shunday taklif bilan chiqadi (Oq uy Putin ham sulhga rozi bo‘lishiga umid bildirgan).
— Trampning maxsus vakili Vitkoff shu hafta Kremlga boradi.
Vladimir Zelenskiy ham Jiddaga yetib kelgan, biroq muzokaralarda ishtirok etmadi. Tramp Oq uyda Vladimir Zelenskiyni kutayotganini aytdi.