Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jiyan o‘z amakisini ko‘prikdan itarib yubordi

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida 8 iyun kuni vaqtincha Nurafshon shahar Yangihayot qo‘rg‘onida yashovchi 41 yoshli K.K. Beshkek mahallasi Qorasuv ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi “Kollektor” kanali ustiga o‘rnatilgan ko‘prik ustida o‘zaro janjal oqibatida 61 yoshli amakisi A.K.ni itarib yuborgan va A.K. ko‘prik ustidan pastga yiqilib tushib jarohat olgan.

Natijada A.K. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 9  iyun kuni shu yerda vafot etgan. K.K. ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.