Jizzaxda yosh qizning o‘limiga sabab bo‘lgan attraksion to‘liq bitmagan holda olib kelib o‘rnatilgani aniqlandi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Istirohat bog‘larida attraksion qurishda xavfsizlik choralari: muammo va yechimlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Tadbirda jurnalistlar Jizzaxda istirohat bog‘idagi fojiali voqea uchun kim javobgar ekani haqida savol berdi.
“Jizzaxdagi baxtsiz hodisa uchun attraksionni sotib olgan tadbirkor va bog‘ ma’muriyati javobgar, — dedi qo‘mita raisi Baxtiyor G‘ulomov. — Aniqlanishicha, tadbirkor ushbu attraksionni O‘zbekistonda buyurtma asosida yasattirgan. Tadbirkor hali to‘liq bitmagan attraksionni o‘zim tugatib olaman, deb olib ketgan. Va alaloqibat guvohi bo‘lganimizdek, baxtsiz hodisa kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan”.