Jom qishlog‘ida sel keltirgan zarar miqdori aniqlandi
Bugungi kunda talofat ko‘rgan xonadon va boshqa infratuzilma ob’yektlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari jadal yo‘lga qo‘yildi. Talab etiladigan mablag‘lar mahalliy byudjet va boshqa manbalar hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu qishloqlarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish, ijtimoiy va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlarini joriy yilning 1 avgustiga qadar foydalanishga topshirilishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15 maydan 16 mayga o‘tar kechasi kuchli sel kelishi oqibatida 71 ta, shundan 49 ta Girdiqo‘rg‘on, 10 ta Jom, 7 ta Tegirmonboshi va 5 ta Omondara mahallalaridagi aholi xonadonlari va tomorqalariga zarar yetgan edi.