Jomboyda 27 nafar bolalar bog‘chasi xodimlarining ish haqi undirib berildi
- 21.09.2021 11:23
- 124
- Samarqand
Jomboy tuman adliya bo‘limiga tumanda faoliyat olib borayotgan bog‘cha xodimlari tomonidan murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarga ko‘ra, Jomboy tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli bolalar bog‘chalarida faoliyat yuritayotgan 27 nafar xodimning oylik maoshlari asossiz ravishda to‘lanmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu holat yuzasidan, adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudiga ariza kiritildi. Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, jami hisobda 230.937.000 so‘m to‘lanmay qolgan ish haqlari undirib berildi.
Furqat Tursunmurodov,
Jomboy tuman adliya bo‘limi
yetakchi maslahatchisi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa