Jomboyda yo‘lovchi poyezdi piyodani urib yubordi

Samarqand viloyatida kecha, 10 yanvar kuni soat 20:50 larda mashinist R.G. boshqaruvidagi 7-sonli “Moskva-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdini “Zarafshon-Jomboy” bekatlari oralig‘idagi 3710-kilometrda harakatlantirib ketayotgan vaqtida piyoda 53 yoshli R.B.ni urib yuborgan.

Piyoda temir yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Oqibatda R.B. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti fuqarolardan temir yo‘l yaqinida yo‘lni kesib o‘tayotganda belginlangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘ragan.