Jomboylik deputatlarning fermerning yerini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori bekor qilindi
Tumandagi “A” (nom shartli) fermer xo‘jaligi xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashining qaroridan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Qayd etilishicha, tadbirkorga Jomboy tumani hokimining qarori bilan ajratilgan 33,1 gektar yer maydoni xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilishi belgilangan.
Mazkur murojaat Biznes-ombudsman devonida o‘rganilishi jarayonida aniqlandiki, xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi tomonidan Yer kodeksi talablariga rioya etilmagan. Natijada Samarqand tumanlararo ma’muriy sudiga tadbirkor manfaatini ko‘zlab shikoyat arizasi kiritildi va xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi qarorining “A” fermer xo‘jaligiga tegishli yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qismi haqiqiy emas, deb topildi.
A.Ibragimov,
Biznes-ombudsmanning viloyatdagi shu’basi yetakchi inspektori.