Jomboylik gulchi Muborak O‘roqova “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston-liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tuman markaziy istirohat bog‘ida tanlov munosabati bilan fermerlar , chevarlar, hunarmandlar, tadbirkorlar tomonidan ko‘rgazma tashkil qilindi. Tadbirda gulchi Muborak O‘roqovalar oilasi birinchi o‘rinni egalladi.
Muborak O‘roqova turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan 5 yildan buyon gullarning 50 ga yaqin turlarini yetishtiradi. Ularning 15 turi xona gullari bo‘lib, qolgan 40 dan ortig‘i dekorativ gullar hisoblanadi.
- Gulchilik Jomboyda qolaversa, viloyatda serdaromad biznes hisoblanmaydi. Gul biznesining ma’lum mavsumi bor. Ammo bu bizning oilamizni tashvishga solmaydi. Gul yetishtirish bizga shunchaki qiziqish, biz bundan o‘zgacha zavq-shavq olamiz. Shu bois tomorqamizda ham issiqxonamiz gullar bilan to‘la, - dedi M.O‘roqova.
Tanlov natijalariga ko‘ra 2- o‘ringa tikuvchi Aziza Nurmatova munosib deb topilgan bo‘lsa, 3-o‘ringa “Nina zamini” fermer xo‘jaligi raisi Salima Umarova loyiq deb topildi.
Baxtigul Qarshiyeva,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot kotibi.