Jorjiyadagi otishmada yetti kishi halok bo‘ldi
- 17.03.2021 15:22
- 61
- Xorij
AQShning Jorjiya shtatidagi uchta spa-salonda ro‘y bergan otishma oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi va 2 kishi yaralandi, deb xabar berdi FOX5.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi hodisa Cheroki okrugida ro‘y berdi. Noma’lum shaxs salonga kirib, o‘t ochgan. Natijada uch kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi.
Keyinchalik Atlanta politsiyasiga yaqin atrofdagi ikkita «Gold Spa» va «Aroma Therapy Spa»laridagi otishma haqida xabar berildi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi salondagi otishmada uch ayol, ikkinchisida yana bir ayol halok bo‘lgan.
Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Cheroki otishmasida gumondor hibsga olingan. FOX5 xabariga ko‘ra, qotil jinoyat joyidan mashinada qochishga uringan Cherokeye okrugidagi Vudstok shahrida yashovchi 21 yoshli Robert Aaron Long bo‘lib chiqdi.