JSST rahbari dunyoni yangi pandemiyaga tayyor turishga chaqirdi
Kasalliklar xuruji va pandemiyalar – inson hayotining bir qismi, dunyo mamlakatlari keyingi katta epidemiyani qaytarish uchun tayyor turishlari lozim. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus Jenevada o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
“Bu so‘nggi pandemiya emas. Tarix bizni kasalliklar xuruji va pandemiyalar – inson hayotining bir qismi ekanligiga o‘rgatmoqda”, dedi Gebreisus.
U ko‘plab mamlakatlarda sog‘liqni saqlash sohasi rivoji e’tiborsiz qoldirilganini va bu holat ularni koronavirus pandemiyasi bilan kurashish tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo keyingi shunga o‘xshash hodisaga, shu safargidan yaxshiroq tayyor bo‘lishi kerak.