Juda qimmat sotib olingan nomoddiy joylar

Dunyodagi deyarli barcha narsalarning narxi bor. Tabiiy ravishda odamlar moddiy narsalar uchun boylik yig‘adi. Biroq qo‘l tegizib bo‘lmaydigan nomoddiyliklar uchun katta miqdorda pul sarflash holatlari ham bo‘lib turadi. Ushbu maqolamizda dunyodagi eng qimmat nomoddiy xaridlar misollari keltirilgan.

Avtoturargoh

Bir kechalik yoki bir haftalik oddiy mashina to‘xtash joyi qancha turadi? Amaliyot ba’zida avtoturargohlar juda qimmat ekanligini ko‘rsatadi. Ayni vaqtda esa deyarli 1 million dollar haqida gap ketyapti. 2019 yilning oktyabr oyida Gonkongdagi The Center osmono‘par binosining yerosti avtoturargohidan avtomobil qo‘yish uchun aqlbovar qilmaydigan 969 ming AQSh dollariga joy sotib olindi.

Qizig‘i, bu turdagi oldingi rekord ham Gonkong yashovchisiga tegishli. O‘shanda yirik kompaniya egasi 664 ming 200 AQSh dollari evaziga nufuzli turar-joy majmuasining avtoturargohidan joy sotib olgan edi.

Mixail Gorbachev bilan kechki ovqat

XXI asr boshida siyosat va shou-biznes yulduzlari xayriya auksionlarida moddiy yoki nomoddiy narsalarni sotib olish kabi qiziqarli tendensiyani boshlab yuborishdi.


2008 yilda Gollivud aktyori Xyu Grant aynan shunday lot egasiga aylandi. Auksionda SSSRning oxirgi prezidenti Mixail Sergeyevich Gorbachev bilan kechki ovqat qo‘yilgan edi. Aktyor bu imkoniyat uchun juda ko‘p mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keldi - boshlang‘ich narxi 50 ming funt-sterling byelgilangan lotning yakuniy ko‘rsatkichi deyarli chorak million funt yoki taxminan 325 ming dollarni tashkil etdi.

Kosmosga parvoz

Kosmik turizm - bu nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan, lekin juda ko‘p mablag‘ talab qiladigan faoliyat. Kosmik turizm kashshofi, amerikalik multimillioner Dennis Tito 2001 yilda kosmosga chiqish imkoniyati uchun 20 million AQSh dollari to‘lab berdi.

O‘shandan beri boshqa boy odamlar ham bu tyendensiyaga ergasha boshladilar. Bu masalada vyengriyalik boy, dasturiy ta’minot arxitektori Charlz Simoni so‘nggi 11 yil davomida yulduzlarga qilgan har bir sayohati uchun 35 million dollar to‘lagan dunyodagi yagona ikki marta kosmik sayyofaxriy unvoniga ega bo‘lgan rekordchi hisoblanadi.

O‘yin mulki

Haqiqiy hayotdan ko‘ra o‘yinda yaratgan virtual dunyoni jiddiyroq qabul qiladigan odamlarning maxsus toifasi – geymerlar o‘z kompyuteridagi shaxsiy borliqni yangilash maqsadida sarflagan mablag‘larini ko‘pchilik tushuna olmasa kerak.

Bugungi kunda bunday xaridlar orasida Entropia Universe ilmiy-fantastik onlayn o‘yinchilaridan biri virtual ko‘chmas mulkni 2,5 million dollarga sotib olib, mutlaq rekordchiga aylandi. O‘yin qahramonlari ham undan qolishmaydi – o‘yin ichidagi odam virtual olamda 1 million dollarga sotildi.

To‘y

Milliarderlar ko‘pincha o‘z qarindoshlaridan ajralib turmaslik uchun hashamatli bayramlar uyushtiradi, ayniqsa gap to‘y marosimi haqida ketganda. Hindistonlik milliarderlardan biri bunday norasmiy poygada rekord o‘rnatdi.

Gap hind sanoat magnatining 23 yoshli qizi Lakshmi Mittal Vanisha va uning kuyovi to‘yi haqida bormoqda. 2004 yilda Londonda yashovchi milliarder qizini bankir Amit Bhatiyaga turmushga berib, dunyodagi eng qimmat to‘yni o‘tkazdi. Tadbirlar bir hafta davomida Fransiyaning bir nechta tarixiy joylarida, xususan, to‘y marosimining o‘zi Lyudovik XІV ning Versal saroyida bo‘lib o‘tdi. Londonda yashovchi hindistonlik milliarder qizining to‘yiga taxminan 65 million dollar sarfladi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.