Belarus hukumati iste’foga chiqdi. Tramp Janubiy Afrikani moliyalashtirishni to‘xtatdi. Netanyahu G‘azodagi urushni davom ettirish niyatida

🔹 Belarus hukumati iste’foga chiqdi. Hukumat respublika Konstitutsiyasiga muvofiq yangi saylangan prezident oldidagi vakolatlarini topshirgan. 

🔹 Kreml Ukrainada saylovlarni 2025 yilda o‘tkazishni talab qilmoqda. Bu kelajakdagi kelishuvlarni ta’minlash uchun zarur, degan Moskva rasmiysi Dmitriy Peskov. 

🔹 Fransiya mudofaa byudjetini ikki barobarga oshirmoqchi.

🔹 AQSh Janubiy Afrikaga yordam ko‘rsatishni mamlakat "o‘ta yomon" munosabatda bo‘lgan "ayrim toifadagi odamlar" ustidan tergov o‘tkazmaguncha to‘xtatadi. "Janubiy Afrika yerlarni musodara qilmoqda va ba’zi odamlarga juda yomon munosabatda bo‘lmoqda", deb yozgan Tramp sahifasida.

🔹 Netanyahu muzokaralar chog‘ida Trampni G‘azodagi urushni davom ettirish rejasini tasdiqlashga erishmoqchi. “Isroil rasmiylari Axiosga Netanyahu qaror qabul qilishdan oldin, doimiy otashkesim va Isroilning G‘azodan to‘liq chiqib ketishiga olib keladigan kelishuvning ikkinchi bosqichi haqida Tramp qanday fikrda ekanligini ko‘rishni kutayotganini aytgan. 

🔹 Kecha tunda Rossiyaning Rostov, Volgograd va Astraxan viloyatlari Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari tomonidan hujumga uchradi.

🔹 Yevropa Qo‘shma Shtatlarga qarshi javob tariflarini joriy etmoqchi. Avvalroq Tramp Yevroittifoqdan import qilinadigan tovarlarga import bojlari joriy etishini aytgandi.

🔹Uch yillik urush davomida Ukraina hech qachon tinchlikka yaqin bo‘lmagan. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati tinchlikni yaqinlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

🔹 Gruziya poytaxtida namoyishlar yana avj oldi. Markaziy trassani to‘sib qo‘ymoqchi bo‘lgan namoyishchilar parlament binosi tomon harakatlangan. Fuqarolar mamlakatda yangi parlament saylovlari o‘tkazilishi va namoyishlar chog‘ida hibsga olingan fuqarolarning ozod etilishini talab qilmoqda.

🔹 2024 yil dekabrida 100 yoshida olamdan o‘tgan AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter vafotidan keyin AQShning Gremmi milliy ovoz yozish san’ati mukofotiga sazovor bo‘ldi. AQShning 39 prezidenti Jimmi Karter 2024 yil 29 dekabrda vafot etgandi.