Endi firibgarlar aloqa kompaniyalari nomidan qo‘ng‘iroq qilishni boshlashdi
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, firibgarlar endilikda aloqa kompaniyalari “Ucell”, “Belline”, “Mobiuz” va “Uztelecom” nomidan qo‘ng‘iroq qilib, foydalanuvchining telefon raqami muddati tugaganini aytmoqda.
Ta’kidlanishicha, firibgarlar “muddatni cho‘zdirishni xohlasangiz 6100 qisqa raqamidan tasdiqlash kodi keladi” deya tasdiqlash kodi so‘raydi. Agar shu tasdiqlash kodini aytib qo‘ysangiz, firibgarlar telefon raqamingizga ulangan barcha bank kartalarini boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.