Jurnalistga tahdid qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, deya xabar beradi O‘zA.
Unda hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emasligiga oid me’yor qonundan o‘rin olgan.
Jurnalistning davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lishi, jurnalistlik sirini oshkor etmasligi, jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishiga oid me’yorlar ham qonunga kiritilmoqda.
Jurnalistni akkreditatsiya qilish masalasi ham qonundan o‘rin olmoqda.