Jurnalistikaga qiziquvchi iqtidorli yoshlarni “Mahorat maktabi”ga chorlaymiz!

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi huzuridagi “Mahorat maktabi”ga jurnalistikaning bosma nashrlar yo‘nalishi, tele va radio yo‘nalishi, foto va video yo‘nalishi, internet yo‘nalishi, tasvirchilik hamda axborot xizmati bo‘yicha tinglovchilarni qabul qiladi.

2022 yil dekabr oyidan 2023 yil may oyigacha bo‘lgan vaqt davomida tinglovchilarga sohaning tajribali vakillari tomonidan maqola yozish, axborot tayyorlash, tahlil qilish, fotosuratchilik, teleoperatorlikning sir-asrorlari o‘rgatiladi.

Tinglovchilar bilan dars jarayonlari nazariy va amaliy tarzda olib boriladi.

Mazkur maktabga jurnalistika sohasiga qiziqishi  bo‘lgan, oliy o‘quv yurtini bitirgan, yoki o‘qiyotgan talabalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Murojaat uchun manzil: Samarqand shahri Ulug‘ Tursunov ko‘chasi 80-uy, viloyat Matbuot uyi binosi.

Ma’lumotlarni 66.233-91-69, 66.233-91-51 telefon raqamlaridan olishingiz hamda (93) 339-99-84 telegram raqamiga o‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumotni va rasmingiz yuborishingiz mumkin.