“Kamaz” reklama ustuniga borib urilishi oqibatida yonib ketdi: Ikki kishi vafot etgan

Joriy yilning 18 iyun kuni soat 06:00 larda, Toshkent shahar Shayxontohur tumani, TXAY ko‘chasi “Dilshod” kafesi qarshisida haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan M.I. (erkak) “KAMAZ” rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi reklama shitiga urilgan.

YTH oqibatida “KAMAZ” rusumli yuk avtomashinasi salonida yong‘in sodir bo‘lgan.
Oqibatda haydovchi, 38 yoshli M.I. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yo‘l chetida turgan piyoda (Doston ismli, yoshi taxminan 25-30 larda, ayni vaqtda shaxsiga va o‘limi sababiga aniqlik kiritilmoqda) ham tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

O‘zbekiston Respubliksi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.