Kamgaplik aqllilik belgisimi?

Boshqalarga qaraganda, kam gapiradigan odamlar ko‘pincha atrofdagilar uchun sirli tuyuladi. Haqiqat shundaki, deyarli barchamiz g‘iybat yoki biror bir hodisa to‘g‘risidagi hikoyalarni tinglashdan zavqlanamiz. “Davra guli” o‘zining beg‘ubor muloqot qobiliyati bilan har doim jamoatchilik e’tiborini tortishga harakat qiladi. Boshqa bir burchakda sukut saqlab o‘tiradigan indamas-chi? U nima bilan band? U faqat boshqalarni tinglayaptimi?

Aslida muhokamachilardan ajralib turadigan bu odamlar ularga qaraganda o‘tkir aql-idrok egasi. Ishonish qiyin, biroq bu haqiqat.

Jamiyat kamgap odamlarni shunchaki sodda yoki pismiq, deb bilishga odatlangan. Ehtimol, siz raqibingizga yetarli baho bermayapsiz. Chunki o‘ziga ishonmaydigan bo‘lib ko‘rinadigan shaxs ortida yuksak iql-idrokka ega odam yashirinishi mumkin.

Quyida kamgap odamlarning boshqalarga qaraganda aqlli bo‘lishining sabablari keltirilgan.

Ular ajoyib kuzatuvchi bo‘ladi

Ular mulohaza qilishda to‘xtamaydi, miyasidagi bir tahlil ob’yektidan boshqasiga osongina o‘ta oladi. Avval odamlarni va ularning atrofini o‘rganadi. Shundan keyingina ular haqida fikr bildiradi. Ularning qarashlari, tabiati ularga kuzatish, tinglash va ijod qilish uchun yetarli vaqt beradi. Shuning uchun bunday shaxslar boshqalarga nisbatan kamroq gapirishadi.

Boshqalarning fikrlarini qadrlaydi

Mabodo siz ko‘p gapirmasangiz, odamlar sizni yaxshi ko‘rishlari bilan faxrlaning. Chunki ular o‘zlarini tinglashga loyiq kishi sifatida his qiladi. Chunki biror kishini diqqat bilan tinglash uchun sabr-toqat talab etiladi. Shuning uchun iloji boricha ko‘proq ma’lumot olish uchun ushbu qobiliyatdan foydalaning. Bundan tashqari, yangi bilim olish bilan bir qatorda dunyoqarashingizni kengaytirib, muloqot qobiliyatingizni oshirasiz.

Kamgap odam o‘z so‘zi uchun javobgar bo‘ladi

Ular his-tuyg‘ular to‘g‘risidagi to‘ng‘illashlarni yoqtirmaydi, “mavzuga oid” suhbatlashishni xush ko‘radi. Sizni hayratda qoldirish uchun ular faqat bitta narsani, ammo aniq va mavzuli gap aytishi kerak. O‘z kuzatuvlari va boshqalarning so‘zlari asosida qaror qabul qiladi. To‘g‘ri tanlov qilish uchun o‘zgaruvchan kishilarning xatolaridan saboq oladi.

Avval o‘ylab, keyin javob beradi

Kamgap odamlar hech qachon xulosa qilishga shoshilmaydi. Ularning kuchli ongi iloji boricha, ma’lumotni to‘liq olishni xohlaydi. Jimlik miyadagi fikrlash qobiliyatini ta’minlaydi. Shu tariqa bu odamlar o‘zlarini har qanday savollarga javob berishga tayyorlaydi. Bu ularga qarashlar va fikrlarning universalligini tushunishga zamin yaratadi. Suhbatga tayyorgarlik ular uchun shunchaki, og‘zaki ravishda qatnashishdan ko‘ra muhimroq ekanini anglaydi.

Ular mustaqil fikrlash tarziga ega

Ijtimoiy hayoti boshqalarnikidan farq qilib turishi sababli, ular kamdan-kam hollarda jamiyatda paydo bo‘ladi. Guruhbozlik qilmaydi va shu bilan guruhlar ta’siriga tushib qolish ehtimolini pasaytiradi. Ular o‘z individualligini qadrlashadi. Bu odamlarga bog‘lanib qolish va ular ta’sirining oldini olishga yordam beradi.

Ular tug‘ma talaba bo‘ladi

Kamgap odamlar doim yangi bilimlarga intiladi. Ularning haddan tashqari qiziquvchanligi ularni doimiy ravishda yangi narsalarni o‘rganishga majbur qiladi. G‘iybatdan nafratlanadi. Chunki ular g‘ayri ijtimoiy mavjudot emas. Bunday odamlar vaqtini fikr doirasini kengaytirish maqsadida yozish yoki o‘qish uchun safrlaydi. Chuqur bilimi tufayli ular bema’ni suhbatlar bilan odamlarni maftun etishga oshiqmaydi.

O‘ziga g‘amxo‘r bo‘ladi

Shovqinli ulfatchilikda emas, balki yolg‘iz o‘tkazgan vaqt ularga ma’naviy izlanish va shaxsiy rivojlanish uchun vaqt beradi. Bu ularning hissiy va ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Siz kamsuqum insonni tashqi qiyofasiga qarab baholab, “muloqotga qodir emas”, deb hisoblasangiz, yana bir bor o‘ylab ko‘ring! Chunki qarshingizda o‘tkir aql-idrok egalaridan biri turgan bo‘lishi mumkin.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.