Muallim

Iste’foga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallim auditoriyaga kirdi. Darsni tushuntirishni boshladi. Talabalarning biridan savol so‘ragandi, boshqa barcha talabalar kulib yubordi. O‘qituvchi hayron bo‘ldi.

Talabalarga qarab, o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab sinfda hamma ahmoq, aqlan noqis hisoblaydigan talabaga savol bergani ekan. Dars tugab, talabalar sinfni tark etadigan mahal, muallim o‘sha talabani chaqirdi. U bilan xoli qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator baytni berdi va:

- Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.

Keyingi darsda muallim o‘sha ikki qator she’rni doskaga yozdi. Uning ma’nosini, fasohatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib:

- Kim hozirgi she’rni yodlab qola oldi, - deb so‘radi.

Hech kim churq etmadi. Faqat o‘sha «ikkichi» ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi.

O‘qituvchi:
- Qani, javob ber, - dedi.

U she’rni yodddan aytib berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi.

Talabalar bu holatda hayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar, kimdir hayrat bilan qarar edi. Bu hol hafta oxirigach davom etdi.

O‘qituvchi u talabani maqtardi. Natijada o‘quvchilarning u haqidagi tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning ham ruhiy holati ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi hisoblagandek axmoq emasligini angladi.