“O‘zbekneftgaz” AI-80 benzini ishlab chiqarishni to‘xtatadi

“O‘zbekneftgaz” 2025 yil sentyabrdan AI-80 benzini ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatishini ma’lum qildi.
Joriy yilning o‘zida AI-80 zaxiralari tizim korxonalari omborlarida tugatiladi.
2026 yildan faqat yuqori oktanli avtobenzinlar (masalan, AI-91, AI-95) sotilishi rejalashtirilgan.
Bu qaror “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot maqsadlariga muvofiq qabul qilinmoqda.
Prezident Farmoniga binoan 2025 yil yakuniga qadar AI-80dan foydalanish va sotishni cheklash uchun barcha resurslar safarbar etiladi.