Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi

Bugun, 23 mart kuni soat 11:11 da Samarqand shahri «Oqsaroy» MFY Ro‘dakiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan «Jiguli» rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida ushbu hududdan oqib o‘tuvchi «Siyobcha» kanaliga tushib ketganligi haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqqan.

Ma’lumotga ko‘ra, hodisa natijasiga vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.