Karantin davrida yordamga muhtoj fuqarolar qayerga murojaat qilishi mumkin?

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatovning ta’kidlashicha:

✔️ Ehtiyojmand oilalarga xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning qarorlariga muvofiq, “Mahalla” fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalaridan zarur mablag‘lar ham ajratiladi.

✔️ Joylardagi mahalliy hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari bilan birgalikda manzilli ro‘yxat asosida zarur oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlaridan iborat moddiy ko‘mak yordamlarini shakllantiradi.

✔️ Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan hozircha muhtojlik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan 101 ming 980 nafar fuqaroning hududlar kesimidagi ro‘yxati shakllantirildi.

📞 Joylarda shakllantirilgan ro‘yxatlarda mavjud bo‘lmagan, ammo zarur oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj bo‘lgan fuqarolar 1197 qisqa raqamli telefon tarmog‘iga murojaat qilishlari hamda o‘z ehtiyojlarini bayon etishlari mumkin.

☎️ Mazkur telefon tarmog‘i orqali bog‘langan fuqarolar murojaati ham alohida e’tiborga olinadi hamda ularga ham zarur ijtimoiy yordam mahsulotlari yetkazib beriladi.