Karantin tugaganidan keyin pensioner bank kartasidan voz kechishi mumkinmi?

❓Karantin rejimi yakunlangandan so‘ng pensioner bank kartasiga o‘tkaziladigan mablag‘ning summasini o‘zgartirishi yoki bank kartasidan voz kechishi mumkinmi? Mazkur talab shartnomada ko‘rsatilishi kerakmi? Pensionerlar tomonidan qo‘l qo‘yiladigan hujjatning amal qilish muddati qancha?
Ushbu savolga Markaziy bank javob berdi:
✔️Bank kartalarini foydalanishga taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomada shartnomaning mazmunini, bank kartasi emitentining huquq va majburiyatlarini, bank kartasi egasining huquq va majburiyatlari, hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari hamda shartnomaning amal qilish muddatini aks ettirishi zarur.
✔️Respyblikadagi epidemiologik holat barqarorlashgandan so‘ng fuqaro (pensioner) Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga murojaat qilgan holda, o‘z xohishiga ko‘ra pensiya pulining ma’lum bir qismini naqd pul ko‘rinishida olishi mumkin.
✔️Hozirda pensionerlar uchun kartadagi mablag‘larini bankomatlardan bepul naqdlashtirish, shuningdek, to‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirishlari uchun barcha hududlarda tegishli to‘lov infratuzilmasi yaratilgan. To‘lovlarni masofadan onlayn tarzda to‘lash imkoniyati ham bank kartalaridan foydalanishning o‘ziga xos qulayligi hisoblanadi.
✔️Xalq banki tomonidan bosqichma-bosqich barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari oldida bankomatlar joylashtirish bo‘yicha ham tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
✔️Shu o‘rinda, pensiya pullarini naqd shaklda oladigan pensionerlarga Xalq bankining shaxsiy pensiya-overdraft kartalarini ochish va pensiya mablag‘larini bank kartalariga o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu orqali ular bir qator qulayliklarga ega bo‘ladilar.
✔️Plastik kartalarni esa hisob-kitoblardan so‘ng tez va osonlik bilan dezinfeksiyalash mumkin. Shuningdek, hozirda har bir bank to‘lov va bank xizmatlaridan foydalanishni masofadan turib amalga oshirish, ya’ni mobil ilovalardan foydalanishni oson va qulay shaklga keltirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bu degani, naqd pulga qaraganda bank kartalaridan foydalanish kundan-kunga har tomonlama samarali va qulay bo‘lib boradi.