Karantinda mahkumlar avf etiladimi?
- 21.04.2020 17:10
- 230
- Jinoyat va jazo
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
— Asaka shahridanman. Turmush o‘rtog‘im - mahkum, 2019 yil noyabrda Prizidentimizga avf so‘rab murojaat qilgan. Murojaat ko‘rib chiqilyapti deb, javob kelgan. Endi agar karantin cho‘zilib ketsa, avf berilmaydimi?
— Agar turmush o‘rtog‘ingiz Prezident nomiga afv etish to‘g‘risida iltimosnoma yozib murojaat etgan bo‘lsa, avf etilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida, murojaat javobi shaxsan mahkumning o‘ziga ma’lum qilinadi.
Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning avf etilishi Prezident Qarori asosida amalga oshiriladi.
Teglar:
avf etish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa