“Karera kuni”: 500 nafardan ziyod bitiruvchi o‘ziga munosib ish topdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 2024/2025-o‘quv yilida universitet bitiruvchilarini ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida “Karera kuni” o‘tkazildi.

Ushbu tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyat hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda hududiy tuman bo‘limlari hamkorligida tashkil etildi.
Ta’kidlash kerak, bugungi kunda universitetda 5805 nafar talaba tahsil oladi, shundan 860 nafari bitiruvchi bosqich talabalari hisoblanadi.

Tadbirda nafaqat Samarqand viloyati, balki respublikamizning turli viloyatlaridagi 100 dan ortiq korxona va tashkilot vakillari o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Ish beruvchi tashkilotlar universitet bitiruvchi bosqich talabalarga o‘zlarida yaratilgan sharoitlar, ishlash uchun talab qilinadigan malaka va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Natijada 502 nafar talaba o‘zlariga mos ish o‘rni bo‘yicha ular bilan shartnomalar imzoladi.
Rustam Hayitov.