Karim Benzema «Oltin to‘p-2022» sovrinini qo‘lga kiritdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida dunyoning 66-eng yaxshi futbolchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir France Football jurnali tomonidan tashkil etildi.

Futbol bo‘yicha mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p-2022» sovrinini Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Karim Benzema qabul qilib oldi.

O‘z navbatida, eng yaxshi ayol futbolchi uchun «Oltin to‘p» «Barselona» futbolchisi Aleksiya Putelyasga berildi.

Shuningdek, mavsumning eng yaxshi darvozaboniga beriladigan Lev Yashin sovrini «Real» posboni Tibo Kurtuaga topshirildi.

Eng yaxshi yosh futbolchi uchun beriladigan Raymon Kopa mukofotiga esa «Barselona» yarim himoyachisi Gavi loyiq deb topildi.