Kasaba uyushmasi uchta boshqarma bilan jamoa kelishuvini imzoladi

Samarqand shahrida  Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasi bilan viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi, Yoshlar agentligi, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan hududiy Jamoa kelishuvi imzolandi.

Ushbu tadbirda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i Sh.Eshonqulov, Yoshlar agentligi Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Boboyev va sport faxriylari, tarmoq tizimidagi ish beruvchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida imzolangan hujjatlar viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan ro‘yxatga olinishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, tomonlar boshlang‘ich tashkilotlarda ishlovchi xodimlar manfaatini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, imtiyozlardan foydalanish mumkinligini ta’kidlashdi. Eng muhimi, kelishuvni tasdiqlashdan maqsad ish beruvchining ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitini yaratib berishda mas’uliyatini yanada oshirishi aytib o‘tildi.

Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasi bilan hamkorlikda boshqarmalar o‘zlarining tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari boshlang‘ich kasaba uyushmasi bilan birga jamoa shartnomasi tuzishda amaliy yordam berishga kelishib olindi.

Endilikda tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, tomonlar xodimlarning kasbiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va intellektual manfaaatlarini himoya qilishning eng dolzarb masalalarini kiritishga erishadi va uning bajarilishini nazorat qilishga imkoniyat yaratiladi.

Bundan tashqari, ishchi-xodimlarning dam olishini tashkil etish, sanatoriylarga imtiyozli yo‘llanma asosida yuborish, ularning farzandlarini yozgi dam olish maskanlariga joylashtirishda ham katta imkoniyat borligi aytildi.

H.Eltoyev.