Kasb-hunarga o‘qitish markazi bo‘lim boshlig‘i va kargo firmasi rahbari ushlandi

Samarqand viloyati huquqni himoya qiluvchi organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tadbirda viloyatdagi kasb-xunarga o‘qitish markazlaridan birining bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Kasb-xunarga o‘qitish markazi bo‘limi boshlig‘i, Past Darg‘om tumanida yashovchi, J.J. mahalliy fuqarolarga ushbu markazda o‘qigani va malaka oshirgani to‘g‘risidagi sertifikatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, ulardan jami 5 million so‘m miqdoridagi pora olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Samarqand shahrida ro‘yxatda turuvchi, Turkiyaning Istanbul shahridagi kargo firmasi rahbari, S.R. 2.000 AQSh dollari evaziga Turkiyaga kirishga qo‘yilgan taqiqni yechib berib, Turkiyadagi mehmonxonalarning birida ishlash vizasini rasmiylashtirishni va’da qilgan. Va mahalliy fuqarodan 700 AQSh dollari olayotgan vaqtda ushlangan.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.