"Kattakonlarning to‘yi" deya taxmin qilingan lavhaga izoh berildi
Joriy yilning 8 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda "Kattakonlarni to‘yi bo‘lsa kerak" sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi.
Videolavhada "Lasetti" va "Toyota Land Cruiser" rusumli bir nechta transport vositalari to‘y marosimida guruh-guruh bo‘lib harakatlanganligi, atrofdagi boshqa harakat qatnashchilarining erkin harakatiga xalaqit berganligi holati aks etgan.
IIV YHXBB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Mazkur videolavha yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, videolavhada aks etgan "Toyota Land Cruiser" rusumli, 01 Z 200 DB davlat raqam belgili avtomobil egasi davlat raqam belgisi orqali aniqlanganda, ushbu avtomobil fuqaro G.U.ga tegishli bo‘lganligi, ayni vaqtda avtomobilni boshqa shaxsga sotib yuborganligi, videolavhada aks etgan holat 2019 yilning noyabr oyida sodir bo‘lganligi, o‘sha vaqtda avtomobilni o‘g‘li, 1995 yilda tug‘ilgan B.U. boshqarganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, videolavhada aks etgan yana bir "Toyota Land Cruiser" rusumli, 01 Ye 017 AA davlat raqam belgili avtomobil fuqaro I.J.ga tegishli ekanligi, videolavhadagi holat 2019 yilda sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.