Kattaqo‘rg‘on tumanida tibbiyot xodimlariga to‘lanmagan qo‘shimcha haq adliya bo‘limi aralashuvi bilan undirib berildi
- 19.11.2020 16:00
- 201
- Salomatlik
To‘lanmagan summa 11 million so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi. Holat Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasida va tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida o‘tkazilgan monitoring davomida aniqlangan.
Aniqlanishicha, sog‘liq uchun xavfli va og‘ir mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarning tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) qo‘shimcha haq to‘lanmagan. Xususan, tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksining 4 nafar xodimiga 1 million 858 ming so‘m, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining 6 nafar xodimiga 9 million 346 ming 826 so‘m to‘lab berilmagan.
Ushbu qo‘shimcha ish haqlari tuman adliya bo‘limi taqdimnomasiga asosan undirib berildi.
Siroj MAMARAJABOV,
Kattaqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi.