Kattaqo‘rg‘on tumanidagi parranda fabrikasida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi
- 30.03.2023 11:59
- 207
- Hodisa

Bugun, 30 mart kuni soat taxminan 10:40 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan eski tovuq fabrikasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.
Shunga ko‘ra, viloyat FVB mas’ul xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Chaqnash oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar haqida xabarlar kelib tushmagan. Chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Viloyat FVB qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Korrupsiya - jamiyat tanasidagi saraton
- 21 daqiqa avval
- Jamiyat
Kelajak bunyodkori bo‘lish – yuksak burchim
- 49 daqiqa avval
- Samarqand