Kattaqo‘rg‘onda tadbirkorlik borasida yosh Shukrulloga teng keladigani topilmadi

Kattaqo‘rg‘on tumanida Prezident sovrini uchun an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Tashabbus-2019” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 80 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmand o‘zaro bahslashdi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra “Yilning eng yaxshi fermeri” nominatsiyasi bo‘yicha “Andoq umidli yashil bog‘i” fermer xo‘jaligi, “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” nominatsiyasi bo‘yicha “Fayz Bashirbek yuksalish”  korxonasi, “Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” nominatsiyasi bo‘yicha “KIDS DREAM”  nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyasi bo‘yicha hunarmand Obid Fayziyev,  “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” nominatsiyasi bo‘yicha Shukrullo Sharipov birinchi o‘ringa loyiq topildi.

Shu kuni tumanda “Holva sayli” ham tashkil etildi.

Shuhrat QARShIYeV.