Kattaqo‘rg‘ondagi 19 ta mahallada 19 ta tibbiyot punktlari foydalanishga topshirildi

Konteyner usulidagi ushbu tibbiyot punktlari tumanning eng chekka va olis qishloqlariga joylashtirildi va ularga malakali xodimlar birkitildi. 

Jumladan, Burgansoy mahallasi Olmosvon qishlog‘i olis tog‘ tizmalari etagida joylashgan bo‘lib, aholisi avvallari tibbiy xizmat uchun 15-20 kilometr masofa bosib, Moybuloqqa yoki 30-35 kilometr uzoqlikdagi tuman markaziga borishiga to‘g‘ri kelar edi. Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi konteyner aholiga qulaylik yaratishi barobarida uzog‘ini yaqin qildi.

Bundan tashqari, Bunyodkor mahallasi Diring qishlog‘iga ham shunday tibbiy punkt o‘rnatildi. Qishloq aholisi salkam 20 kilometr olisdagi “Suv hovuzi” oilaviy poliklinika yoki tuman markazidan ko‘ra yaqinroq, ammo 30 kilometr masofa bosib, Kattaqo‘rg‘on shahriga kelishga majbur bo‘lardi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati.