Kattaqo‘rg‘onlik deputatlarga foydali maslahatlar berildi

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri, senator Farmon Toshev xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari bilan uchrashib, doimiy komissiyalar ishini tashkil etish, deputatlik so‘rovi yuborishning tartibi, saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ular bilan muloqot qilish, oddiy odamlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish, oylik hisobotini yuritish kabi masalalarda so‘z yuritdi. Deputat xalqning oldida hurmatli insonga aylanib, xalqning dardi bilan yashab, ularning ishonchini qozonishi kerakligi aytildi.

Seminar davomida deputatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida shtab tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Tadbirdan so‘ng shtab uchun alohida xona tanlandi va shtab faoliyati bilan bog‘liq masalalar kelishib olindi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati.